15:43 / 13.12.2015
4829

Yevgeniy Kafelnikov: Rossiya Yevro-2016 turnirining guruh bosqichidan chiqa olmaydi

Rossiya Tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, sobiq tennischi Yevgeniy Kafelnikov futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. U o‘z tvitterida Leonid Slutskiy shogirdlarining turnirdagi imkoniyatlarini past baholagan.

"Buni tan olish qayg‘uli, lekin Rossiya termasi Yevro-2016 turnirida guruh bosqichidan nariyog‘iga o‘ta olmaydi", deb yozadi u.

12 dekabr oqshomida Parij shahrida 2016 yilgi Yevropa chempionatining yakuniy final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi "V" guruhida Angliya, Uels va Slovakiya terma jamolariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Qur'adan keyin Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti hamda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko terma jamoa osonlik bilan guruhdan chiqishini bashorat qilgandi.

Undan oldinroq, Mutko qur'a natijasi qanday bo‘lishi muhim emasligi, Rossiya terma jamoasi Yevropaning eng kuchli termalaridan biri ekani va shuning uchun rossiyaliklarga kimga qarshi o‘ynashning farqi yo‘qligi haqida gapirgandi.

Top