12:07 / 13.12.2015
53345

Go‘zallik saloni xodimasining jirkanch harakati internet foydalanuvchilarining g‘azabini keltirdi

Internetda WhatsApp messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan video paydo bo‘ldi.

Rolikda tasvirlanganidek, go‘zallik saloni xodimasi bosh barmog‘ini ko‘rsatib, o‘zining qilayotgan ishidan xursandligini namoyish etadi. Ana shundan so‘ng, mijozning peshonasiga tupurib, uni mijozning butun yuz-ko‘ziga surkaydi. Bu ishini u bir necha marotaba takrorlaydi. Peshonasiga tushayotgan narsani krem, deb o‘ylagan mijoz huzur qilib, indamay yotaveradi.

Videorolikdagi belgilar bu voqea Qozog‘iston hududida sodir bo‘lganini anglatadi.

Internet foydalanuvchilari go‘zallik salonining ushbu xodimasini topishni va uni jazolashni talab qilishgan.

Top