10:39 / 13.12.2015
2907

Independent: Kemeron Yevropa Ittifoqi uchun muxojirlar bo‘yicha yon bosishga tayyor

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Britaniyada mehnat qiluvchi Yevropa Ittifoqi fuqarolariga nafaqalar to‘lashga 4 yillik taqiqlovni kiritishdan voz kechishga tayyor. Bu taqiqlov Britaniyaning YeI bilan muzokaralardagi talablar ro‘yxatidagi asosiy bandlardan hisoblanadi, deb yozmoqda Independent nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, Kemeron 17 dekabrdagi sammitda YeI yetakchilariga o‘zining yon bosish istagi va muqobil takliflarni qabul qilishga tayyorligini namoyish qiladi.

Shuningdek, YeI Buyuk Britaniyaga erkin harakatlanish tamoyili ta'siridan vaqtinchalik chiqish imkoniyatini taqdim qilishi mumkin.

Avvalroq Kemeron Buyuk Britaniyaning YeIda a'zolik qilishini qayta qo‘rib chiqish uchun barcha shartlar bajarilishini talab qilayotgani ma'lum qilingandi.

Top