22:19 / 13.12.2015
4172

Jahon moliyaviy inqiroziga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmalar darajasi oshganligi e'tirof etildi

Jahon moliyaviy inqirozi tendensiyalariga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar dinamikasi oshgan. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Boribay Jyeksembin aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilning to‘qqiz oyi mobaynida ikki tomonlama mahsulot aylanishi 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bois ham Qozog‘iston O‘zbekistonning uch yirik hamkorlari orasida bo‘lishda davom etmoqda. Bundan tashqari, tomonlar mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash borasida ham hamkorlik qilib kelmoqda.

"Men ikki qo‘shni va qardosh davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlar abadiy do‘stlik va strategik sheriklik bilan qamrab olinishiga ishonaman”, — deb qo‘shimcha qildi Jyeksembin.

Top