11:03 / 13.12.2015
2851

Kale shahri hukumati Jobs suriyalik qochqin sifatida tasvirlangan graffitini himoyasiga oldi

Fransiya shimolidagi Kale shahri hokimiyati britaniyalik rassom Benksi tomonidan Apple kompaniyasining sobiq rahbari Stiv Jobs suriyalik qochqin sifatida tasvirlangan graffitini o‘z himoyasiga oldi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, ushbu graffitini tashqi ta'sirlardan himoyalash maqsadida uning sirtiga shishali yoki plastik qoplama o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

"Biz bu tasvirni hozirgi holida saqlab qolishni istaymiz. Bu graffit alohida ma'noga ega", deydi mahalliy amaldorlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, rassom shaharning qochqinlar lageri joylashgan qismida joylashgan ko‘prikning yon devoriga Apple kompaniyasining asoschisi, marhum Stiv Jobsni bir qo‘li bilan bor-buti solingan qopni yelkasiga opichlab olgan, ikkinchi qo‘lida Apple logotipi tushirilgan monitorni ko‘tarib olgan suriyalik qochqin ko‘rinishidagi qiyofasini chizgandi.

Ma'lumot uchun, Stiv Jobsning biologik otasi suriyalik Abdulfattoh Jandaliy hisoblanadi. Jobs boshqa oilada voyaga yetgan.

Top