10:00 / 13.12.2015
2930

Kuba va Kreditorlar Parij klubi 11,1 mlrd dollarlik qarzni restrukturizatsiya qilish haqida kelishib oldi

Kuba hukumati va Kreditorlar Parij klubi Kubaning 11,1 mlrd dollarlik qarzini restrukturizatsiya qilish, jumladan 2015 yil 31 oktabrgacha hisoblangan foizlar bo‘yicha masalalar haqida kelishib oldi, deb xabar berilmoqda klub saytida.

Kelishuv matniga ko‘ra, Kuba hukumati 2,6 mlrd dollarlik qarzni 2033 yilgacha to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Boshqa tafsilotlar keltirmagan.

Avvalroq Kreditorlar Parij klubi Kubaning 4 mlrd dollarlik qarzini kechib yuborgani ma'lum qilingandi.

Top