20:31 / 13.12.2015
2888

Pokistondagi bozorda sodir etilgan uchta terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistondagi parachinar shahridagi bozorda sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda AAJ News.

Jarohat olganlar soni 70 nafar bo‘lib, ularning orasidan sakkiz kishining ahvoli o‘ta og‘ir. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
Portlashdan so‘ng politsiya tumanni qurshab oldi va ikki nafar shubhali shaxsni qo‘lga oldi.

Top