12:25 / 13.12.2015
4973

Saudiya Arabistoni saylovlari tarixida ilk bor ayol kishi shahar hokimiyatiga saylandi

Saudiya Arabistoni saylovlari tarixida ilk bor mamlakat xotin-qizlariga saylash va saylanish huquqi berildi. Ana shu islohotdan kelib chiqib, xotin-qizlar vakilasi Makka shahri hokimiyatiga saylandi. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, Salma binti Xizab al-Otebiy Madrak kengashiga (Muqaddas Makka shahri hududi) saylangan. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi 13 dekabr kuni ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni mutloq monarxiya mamlakati bo‘lib, unda xotin-qizlar huquqi qattiq cheklangan.

Top