08:56 / 13.12.2015
2647

Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i “qonli” pechenesi uchun yana “Rojdestvoga qarshi adovatda” ayblanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ini “Rojdestvoga karshi adovatda” ayblamoqdalar, deb xabar bermoqda Mashable portali.

Bu gal foydalanuvchilar Starbucks tomonidan chiqarilgan ayiq shaklidagi rojdestvo pechenesi ustidagi glazuri rangini tanqid qilishdi.

Kompaniya qizil sharf o‘rab olgan oq ayiq ko‘rinishidagi pechenelar chiqardi. Biroq qahvaxona mijozlarining fikricha, pechenelarga yaqinroq qaralganda ayiqlar bo‘ynidagi qizil “sharflar” ayiq bo‘ynidan oqayotgan qonga o‘xshab ko‘rinadi.

Avvalroq Starbucks Rojdestvo uchun chiqarilgan stakanlar dizayni uchun “Iso payg‘ambarga adovatda” gumon qilingandi.

Top