21:10 / 13.12.2015
2467

Xitoy rahbari partiya maktablarini xodimlarni yaxshilab tayyorlashga chaqirdi

Xitoy raisi Si Tszinpin kompartiyaning jamiyatdagi rolini mustahkamlash zarurligiga ishonmoqda. Partiya maktablari Kompartiyaga to‘liq bo‘ysunishi tamoyiliga amal qilishi va davlat uchun kommunistik mafkura tamoyillarini tushunuvchi xodimlarni tayyorlashi kerak, deb hisoblamoqda Si Tszinpin.

“O‘rtamiyona jamiyatni qurish va Xitoyning buyuk milliy tiklanish haqidagi orzusiga kalit – bu o‘z e'tiqodi, ishonchi, intizomi va javobgarlik hissiga mustahkam ishonuvchi xodimlardir”, deb aytdi Si Tszinpin Pekinda bo‘lib o‘tgan partiya maktablari ishi bo‘yicha umummilliy yig‘ilishda,

“Xitoyda ko‘p amaldorlar partiya maktablari kurslarida tahsil olishlari kerak. Partiya maktablari vazifasiga “kaltsiyni to‘ldirish va suyakni mustahkamlash” kiradi”, deb kommunistik g‘oyalar asosi mustahkam ekanligini nazarda tutib aytdi Si Tszinpin.

Top