21:04 / 14.12.2015
3393

“Nestle O‘zbekiston” bolalar uchun yangi yil bayramini o‘tkazib berdi

“Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi 2015 yilning 12 dekabr kuni Toshkentdagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi bolalar uchun Yangi yil bayramini o‘tkazib berishdi.

Tantanada poytaxtning “Yaxshi ish” guruhi volontyorlari ishtirok etishdi.

Tadbir qulupnay mazasini beruvchi yangi mahsulot NESQUIK® kokteylini chiqarish arafasida tashkillashtirildi.

Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, bayramga Angren shahridagi 34-bolalar internat-uyi va Chirchiqdagi internat-maktab tarbiyalanuvchilari taklif qilingan.

Top