12:03 / 14.12.2015
5548

AQShning 7ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kuchli o‘nlikka kirdi

Stokgolm tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va e'lon qilingan 2014 yilning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining o‘nligiga AQShning 7ta kompaniyasi kirdi. Hisobot tashkilotning rasmiy saytiga joylashtirildi.

Yuztalik ro‘yxatning boshida turgan Lockheed Martin o‘tgan yil davomida 37.47 mlrd dollarga qurol-yarog‘ sotishga muvaffaq bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinda 28.3 mlrd dollar ko‘rsatkich bilan Boeing turibdi. Kuchli uchlikka Buyuk Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi (25.73 mlrd dollar) yakun yasadi.
Shuningdek, kuchli o‘nlikka AQShning Raytheon, Northrop Grumman, General Dynamics, United Technologies Corp., L-3 Communications, Italiyaning Finmeccanica hamda Transevropa Airbus Group kompaniyalari kirdi.

Yuzlikka, shuningdek, Rossiyaning 11 kompaniyasi kirdi.
“Rossiya kompaniyalari milliy harbiy xarajatlar va qurollanish eksportining ko‘tarilishi to‘lqinlari ustida bo‘ldi. Birinchi yuzlikka hozir Rossiyaning 11 kompaniyasi kiradi, ularning daromadidagi umumiy o‘sish 2013-2014 yillarda 48.4 foizni tashkil qildi”, - dedi institutning katta ilmiy xodimi Simon Vezeman.

Top