20:47 / 14.12.2015
6066

Bojxonachilarga jo‘natmalarni ochib ko‘rishga ijozat berildi

O‘zbekistonda bojxonachilarga deklaratsiyada ular haqidagi zarur ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda xalqaro jo‘natmalarni ochib ko‘rish huquqi berildi.

Xalqaro jo‘natmalar va kurerlik jo‘natmalarini tekshirish bo‘yicha yangi qaror Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi.

Tekshirish o‘tkazish huquqi quyidagi holatlarga taalluqli bo‘ladi:
xalqaro pochta jo‘natmalari – manzilli yozma xabarlar, posilkalar va qadoqlangan bosma nashrlar;

Xalqaro kurerlik jo‘natmalari – pochta kartochkalari, xat, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar, qisqa muddatda qo‘ldan qo‘lga yetkazilishi lozim bo‘lgan yozishmalar.
Xorijdan kirib kelayotgan mazkur jo‘natmalar bojxona nazorat zonasiga yetkaziladi. Ularni transport tashkilotlari vakillariga topshirish va ulardan jo‘natmalarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga yetkazish bojxona organining mas'ul shaxslari ishtirokida amalga oshiraladi.

Jisoniy shaxs, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona organlariga har bir mahsulotning qabul qiluvchisi, nomlanishi, vazni, soni va qiymati haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan CN22, CN23 deklaratsiyalarini taqdim etishlari shart.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar elektron ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin.

Agarda jo‘natmalar bojxona nazoratining maxsus texnik vositalari ko‘rigi jarayonida CN22, CN23 bojxona deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagani aniqlansa, bojxona organining mas'ul xodimi ularni ochib ko‘rsatishni talab qilish huquqiga ega. Mazkur tekshiruv maxsus ajratilgan va jihozlangan binolarda o‘tkaziladi.

Bunda qiymati 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mahsulotlar onlayn-do‘konlar orqali maxsus deklaratsiyasiz pochta aloqasi xizmatini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq tarzda eksport qilinishi mumkin, deya yozmoqda norma.uz.

Top