09:40 / 14.12.2015
9184

Xonandalar Oybek va Nigora to‘ylaridan bir hafta o‘tib yana xizmatga chiqa boshladi

Ma'lumki, xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi shu yilning 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng ular bir necha marotaba intervyu berishga ulgurishdi. “Darakchi” gazetasi bilan o‘tgan navbatdagi suhbatda ular chilla chiqishini kutib o‘tirmaganliklarini, balki bir hafta o‘tar-o‘tmas to‘y xizmatlariga chiqqanlarini tan olishdi.

“Yaxshi niyatlar bilan to‘y va tadbirlarga oldindan taklif qilganlar ko‘p, - dedi Oybek. – Bizni hurmat qilib chaqirishgan ekan, rad etishimiz noto‘g‘ri”.

“Qolaversa, bayram oldi tadbirlar ko‘p. Lekin faqat shoshilinch va zarurlariga boryapmiz”, —qo‘shimcha qildi Nigora.

Top