11:39 / 14.12.2015
2167

FT: Twitter foydalanuvchilarni davlat xakerlari hujumidan ogohlantirdi

Twitter kompaniyasi tarmoqning davlat xakerlari tomonidan buzib kirilishi bo‘yicha ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar tarqatmoqda.

Qayd qilinishicha, kompaniya foydalanuvchilarga bu borada ogohlantiruvchi xat jo‘natgan.

Xatda yozilishicha, xakerlar foydalanuvchilarning telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va kompyuterlarining IP-manzillarini aniqlab olishlari mumkin.

Manbaning aniqlik kiritishicha, xuddi shunday mazmundagi ogohlantirishlari Google va Facebook kompaniyasi ham tayyorlab qo‘ygan.

Top