14:24 / 14.12.2015
5988

«Mustaqillik kuni 2: qayta tug‘ilish» filmining treyleri chiqarildi

20th Century Fox kinostudiyasi YouTube videoxostingiga 2016 yilning iyun oyida kinoekranlarga chiqishi kutilayotgan «Mustaqillik kuni 2: qayta tug‘ilish» fantastik filmining treylerini joylashtirdi.

Filmda bosh rollarni Liam Xemsvort, Mayka Monro, Jyessi Usher va Jyeff Goldblyum ijro etishgan.

Film syujyet birinchi film voqealaridan 20 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Dushmanlar bu safar ham yer sayyorasiga hujum uyushtirishadi. Bu safar bu yurishda o‘zga sayyoraliklarning texnologiyalaridan foydalanishadi.

«Mustaqillik kuni» filmining davomi ishlanishi haqida anonslar 2013 yilda boshlangandi. Biroq noma'lum sabablarga ko‘ra, kartinaning ishlanishi to‘xtab qolgandi. Oradan 20 yil o‘tib, yangi qismning ekranga chiqishi kutilmoqda.

«Mustaqillik kuni» kinokartinasida Uill Smit va Bill Pullman bosh rolni ijro etgan bo‘lib, 1996 yilda ekranlarga chiqqandi. O‘shanda kinojahon kinoprokatlarida 800 million dollardan ko‘proq ishlab topgandi. Film byudjyeti 75 millionni tashkil qilgan. Film rejissyori Roland Emmerix, mazkur ishi uchun «Saturn» va «Xyugo» mukofotlari bilan taqdirlangan.

Top