11:35 / 14.12.2015
4965

«Novyye Izvestiya»: «Qora oltin uchun qora kunlar»

Sergey Putilov muallifligida «Novyye Izvestiya» internet-nashri saytida chop etilgan «Qora oltin uchun qora kunlar» nomli maqolada neft narxlari pasayishining Rossiya iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqilgan. Bu maqola "Telegraf.uz" nashriga joylashtirilgan.

Muallifning yozishicha, 7 dekabr kuni neft narxlari 5 foizdan ziyodga, ya'ni qariyb 7 yil davomidagi minimal darajaga pasaydi. Ushbu pasayishga 4 dekabr kuni OPeK a'zo-davlatlarining 2016 yil iyun oyidagi keyingi majlisgacha kvotalar belgilamaslik haqidagi kelishuvi sabab bo‘ldi. 7 dekabr kuni o‘tkazilgan savdolarda neft qiymati bir yo‘la 2,27 dollarga pasayib, bir barrel uchun 40,73 dollarni tashkil etdi. Bu 2009 yil martidan buyon kuzatilgan eng minimal daraja hisoblanadi. Shunga qarmay, ekspertlarning fikricha, neft hali eng pastki darajaga yetib bormadi. Dunyoda neft ortiqchaligi davri davomiy bo‘ladi, chunki Saudiya Arabistoni qazib olish hajmlarini qisqartirishni istamaydi. Yil boshida esa Erondan sanksiyalar olinganidan so‘ng bozorga yangi neft hajmlari kirib keladi.

Mazkur sharoitda «rossiyaliklar hozirdanoq «qora oltin» narxlari pasayishi ta'sirini his qildilar». Lekin, dekabrning qolgan uch haftasida narxlar 2008 yildagi minimumga tushishi kutilmoqda (1 barrel uchun 36 dollar) va bu barcha kutayotgan pasayish bo‘ladi. Bunday vaziyatda dollar 75 rubldan baland darajada o‘rnashadi.

Iqtisodiyot uchun yangi devalvatsiya va byudjyet daromadlarining pasayishi yaxshi yangilik emas. Ishsizlikning o‘sishi, YaIM pasayishi, inflyatsiyaning yangi oshishi – keyingi 2016 yilda rossiyaliklarni kutib turgan muammolardir. Vaholanki, rubl ham qadrsizlanishda davom etmoqda. Muataxassislarning fikricha, Rossiya valyutasi ortiqcha baholangani bois pastga qarab ketishga davom etadi. Mazkur holatda ekspertlar 2014 yilning qishida bo‘lgani kabi valyuta va iste'mol sarosimasi qaytalanishi mumkin degan fikrda. Biroq, uning ko‘lami o‘tgan yildagiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi, chunki rossiyaliklarda xorijiy valyuta yoki qimmatli texnikani sotib olish uchun shunchaki zaxira qolmadi.

Top