AQShning Oregon shtatida joylashgan Portlend shahrida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida jiddiy yong‘in kelib chiqdi, deb xabar bermoqda KOIN 6 telekanali. Yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgan.
Mahalliy politsiyada ta'kidlanishicha, poyezdning asfalt ortilgan 6 ta sisternasi alanga ichida qolgan, yuk mashinasi tirkamasidagi yonuvchi materiallar ham alangalangan.
Yaqin atrofdagi binolardan odamlar evakuatsiya qilingan, yo‘llar yopib qo‘yilgan.