19:47 / 14.12.2015
3235

Ozarbayjon rahbari davlat xavfsizligi va ichki razvedka xizmatlarini joriy etdi

Ozarbayjon prezidenti davlat xavfsizligi xizmati hamda ichki razvedka xizmatlarini tuzish borasidagi farmonga imzo chekdi.

"Ozarbayjon Milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) qoshida davlat xavfsizligi xizmati va ichki razvedka xizmatlari tuzilsin”, — deyiladi prezidentning rasmiy saytida keltirilgan hujjatda.

Ushbu islohot "maxsus xizmat organlari samaradorligini oshirish va davlat boshqaruv tuzilmalarini yaxashilashga qaratilgan”.

Xizmatlar faoliyati uchun zarur mablag‘lar mamlakat MXV byudjyeti tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Top