10:07 / 14.12.2015
9401

Rossiya prezidentining xavfsizlik xizmat boshlig‘i o‘zgardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xavfsizlik xizmati rahbari Oleg Klimentev o‘z mansabini tark etdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri prezident ma'muriyatiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Aytilishicha, Klimentev Federal qo‘riqlash xizmati rahbari Yevgeniy Murovning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, ammo bu borada hali rasmiy buyruq kelib tushmagan.

Prezident xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini Dmitriy Kochnyov egalladi. Uning rasmiy tarjimai holi Federal qo‘riqlash xizmatining rasmiy saytida yo‘q.

Top