20:02 / 14.12.2015
57882

Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunidan suratlar

12 dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining 52 yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan kechada ko‘plab xonanda, aktyor, shou-biznes vakillari, shuningdek, Yulduz Usmonovaning yaqin tanishlari ishtirok etishdi. Ular qatorida G‘ulomjon Yoqubov, Rashid Holiqov, Ilhom Farmonov, Sardor Rahimxon, Jahongir Poziljonov, Obid Asomov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Abdulla Qurbonov, Shukurullo Isroilov, Halimaxon, shuningdek, Nilufar Usmonova va boshqa ko‘plab taniqli mehmonlar bor. 

Ma'lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963 yil 12 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Hozirga qadar xonanda 600 dan ortiq qo‘shiqlar yaratgan. 

Top