17:06 / 15.12.2015
2153

2015 yilning 11 oyida 8601 nafar yolg‘iz va kam ta'minlangan fuqaroning uy-joyi ta'mirlab berildi

Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 8601 nafar yolg‘iz va kam ta'minlangan fuqaroning uy-joyi ta'mirlanib berildi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Kun.uz` saytiga taqdim etgan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturining 2015 yil yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotida so‘z boradi.

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturi 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, shuningdek, yolg‘iz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kishilarning 2015-2017 yillarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra har bir mahallada kamida bir nafar faxriyni (hammasi bo‘lib bir yilda 10 ming kishiga yaqin) qamrab olgan holda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarining,

shuningdek, yolg‘iz va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj keksalarning kvartiralari va uylarini respublika bo‘yicha hashar yo‘li bilan joriy ta'mirlash, zarur hollarda esa mukammal ta'mirlashni, shuningdek hovlilarni obodonlashtirishni nazarda tutgan holda ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash dasturini ishlab chiqish belgilangan edi.

2015 yilda rejadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 1850,0 million so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 3199,0 million so‘m sarflanib, rejaga nisbatan 167,1 foizga oshirib bajarildi. Xususan, 2015 yilda “Mahalla” fondi va homiylar tomonidan 3018 nafar muhtoj keksaning uy-joyini ta'mirlash uchun 1140,0 mln.so‘m sarflandi.

Top