18:36 / 15.12.2015
2785

BAA da chet ellik josuslikda ayblanib 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Birlashgan Arab Amirligining oliy federal sudi asli kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan erkakni jasuslikda ayblab, unga 10 yillik qamoq va 500 ming dirham (136 ming AQSh dollari) jarima jazosini belgiladi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, xorij fuqarosi boshqa davlat bilan aloqa o‘rnatib, o‘z ish joyi haqida ma'lumotlarni yetkazgan holda BAA milliy manfaatlariga xavf tug‘dirgan.

Sud qaroriga ko‘ra, josuslikda ayblangan erkak jazoni ijro etib bo‘lganidan so‘ng mamlakatdan deportatsiya qilinadi.

Top