22:16 / 15.12.2015
10121

Bloomberg: IShID neft narxining 100 dollargacha ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishi mumkin

Bloomberg agentligi 2016 yil uchun “qora turnalar” – joriy holat saqlanib qolganda yuz berishi dargumon bo‘lgan, biroq ba'zi vaziyatlar ssenariysi rivojlanishida yuz berishi ehtimoli oshadigan hodisalar ro‘yxatini chop etdi. Bunday hodisalardan biri sifatida agentlik neftning narxi 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini aytmoqda.

Bunday vaziyat IShIDning Yaqin Sharqdagi neft sanoatining muhim obektlariga hujum qilishi va OPeK davlatlarida, misol uchun, Venesuela va Jazoirda siyosiy tizimlarning izdan chiqishi oqibatida yuz berishi mumkin. Infratuzilmalarning yo‘q qilinishi OPeK davlatlariga avvalgi neft olish hajmini saqlab qolishga imkon bermaydi va buning natijasida bozorda neft taqchilligi yuzaga keladi va energiya tashuvchilar narxi keskin oshib ketadi.

Bundan tashqari, bunday hodisa muqobil energiya, jumladan yadro va “yashil” energetikaga investitsiyalar kiritilishining ko‘payishiga olib keladi.

Top