10:26 / 15.12.2015
8246

Yevropaning eng yaxshi avtomobillari ro‘yxati aniq bo‘ldi

“Yevropada yil avtomobili” tanlovi tashkilotchilari g‘oliblik uchun raqobatlashadigan yettita modelni taqdim etishdi. G‘olib nomi 29 fevralda Jyenevadagi motorshouda ma'lum bo‘ladi.

Ro‘yxatga oltita Yevropa modeli va bitta yapon modeli Mazda MX-5 kirgan. Ushbu rodster yaqinda “Yaponiyada yil avtomobili” deb e'tirof etilgan edi. Bu g‘alaba Mazda uchun “uy”da o‘tkazilgan tanlovda ikkinchi edi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili “Yevropada yil avtomobili” Volkswagen Passat deb topilgan edi. Ikkinchi o‘rinda Citroen C4 Cactus, uchinchi o‘rinda esa Mercedes-Benz C-Class e'tirof etilgan edi.

Audi A4

Jaguar XE

BMW 7-Series

Mazda MX-5

Skoda Superb

Opel Astra

Volvo XC90

Top