08:32 / 15.12.2015
4236

Gari Lineker: Agar "Lester" APLda g‘olib bo‘lsa, men MOTD`ning yangi mavsumida ichki kiyimda chiqaman

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda futbol eksperti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Gari Lineker "Lester" jamoasining Angliya premer-ligasida chempion bo‘lishi imkoniyatlariga ishonchsizlik bilan qarashda davom etmoqda.

"Ha! Agar "Lester" Angliya chempioni bo‘lsa, men MOTD (Match of the day - VVS teledasturi - tahririyat izohi) ko‘rsatuviyaning keyingi mavsumidagi ilk sonida (2016 yilning kuzida - tahririyat izohi) ichki kiyimda chiqaman", deya yozadi Lineker.

Qayd etish kerakki, "Lester" 14 dekabr kuni "Chelsi"ni mag‘lub etib, ochkolari sonini 35taga yetkazgan holda turnir jadvalining birinchi o‘riniga chiqib oldi. Jamoa ikkinchi o‘rindagi "Arsenal"ni 2 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda. Klaudio Raneri shogirdlari mavsumda atigi bir marta mag‘lub bo‘lishdi - "Arsenal"dan 2:5 hisobida.

Top