13:58 / 15.12.2015
4678

Guardian: AQShda aksilmusulmon talvasasi boshlanmoqda

AQShdagi ayrim siyosiy davralarning ritorikasi va hattoki jamoatchilik faollarining fe'l-atvori tufayli musulmonlar o‘zlarini ikkinchi darajali fuqarolar deb his qilmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

Maqola muallifining fikriga ko‘ra, Trampning musulmonlarga mamlakatga kirishni taqiqlash haqidagi taklifi respublikachilar partiyasi “o‘z ahmoqligida cho‘kayotgani”ni ko‘rsatadi. Tramp islom uzoq yillardan buyon AQSh hayotining tarkibiy qismi bo‘lib qolganini nazardan qochirmoqda.

Bundan tashqari, Florida shtati senatori Marko Rubio musulmonlarga uyushtirilgan hujumlarni e'tibordan qochirib, musulmonlarga qarshi kayfiyatlarning yo‘qligini, bunday muammo o‘ylab topilganini ta'kidladi.

Aytilishicha, Barak Obama prezidentligi yillarida migratsiya xizmati hech qanday aybi yoki nuqsonlari yo‘q ko‘plab chet el fuqarolariga ular musulmon bo‘lgani uchungina viza berishdan bosh tortib kelmoqda.

Top