20:48 / 15.12.2015
6168

Lavrov Kerriga qorbobo o‘yinchog‘ini sovg‘a qildi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, u amerikalik hamkasbi, AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga qorbobo sovg‘a qilgan.

"U Tashqi ishlar vazirligidagi o‘zaro uchrashuvimiz o‘tgan xonaga kirdi va bayram archasidagi qorbobo o‘yinchog‘iga yuzlandi. U archa oldiga borib o‘yinchoqni aylantirib tomosha qila boshladi. Men shunda unga "ruslarning mehmondorchiligi an'anasiga ko‘ra, mehmonga yoqib qolgan buyum unga sovg‘a qilinishi" haqida aytdim. Albatta unga bu o‘yinchoq yoqib qolgandi va men o‘yinchoqni sovg‘a qildim", deydi Lavrov.

Top