17:01 / 15.12.2015
6406

Metro: Yevropaning millionlab o‘smirlari ijtimoiy tarmoqlarsiz qolishi mumkin

Yevropa siyosatchilari qabul qilgan ma'lumotlarni himoya qilish qonuniga o‘zgartishlarga ko‘ra millionlab o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin, deb yozadi Metro nashri.

Amaldorlarning fikricha, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga ruxsat beriladigan yoshni 13dan 16ga ko‘tarish lozim. O‘smirlarga muloqot ilovalariga kirish ruxsat etiladi, lekin bunda ota-onasining ruxsati talab etiladi.

Bunday taklif ham internet foydalanuvchilari, ham bolalar xavfsizlik mutaxassislarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, bunday tashabbus yoshlarni huquqbuzarlik qilishga majbur qiladi, shuningdek, ular dunyoning oxirgi yangiliklaridan bexabar qolishadi.

Top