16:09 / 15.12.2015
4527

Olimlar sayyoraning qaysi nuqtasiga chaqin ko‘proq tushishini aniqlashdi

Olimlarning aniqlashicha, Yer sayyorasida chaqinlarga eng ko‘p duchor bo‘ladigan hududi Venesueladagi Marakaybo ko‘li ekan: uning ustida yiliga taxminan 297 kun davomida chaqin chaqnab turadi. Tadqiqot natijalari haqida Amerika geofizika ittifoqi konferensiyasi chog‘ida aytildi.

Ish davomida tadqiqotchilar NASA’ning 1998 yildan 2003 yilga qadar olgan suratlarini o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, chaqin Marakaybo ko‘lining Katatumbo daryosiga quyiladigan joyiga eng ko‘p urar ekan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kabare (Kongo Demokratik Respublikasi Janubiy Kivu viloyati) va Kampene (Kongo Demokratik Respublikasi) hududlari egalladi. Olimlarning ta'kidlashicha, ularning qo‘lidagi suratlar juda ravshan bo‘lib, chaqin zarbini 11 km aniqlik bilan belgilash imkonini bergan.

Top