18:25 / 15.12.2015
3477

Pamela Spratlen: O‘zbekistonning inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarini qadrlayman

O‘zbekiston konstitutsiyasi qabul qilinishining 23 yilligi munosabati bilan AQShning Toshkentdagi elchisi Pamel Spratlen “Jahon” axborot agentligiga intervyu berib, unda mamlakatda ketayotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Har qanday konstitutsiyaning asosiy prinsiplari inson huquq va erkinliklari kafolatlari, hokimiyatning bo‘linishi, huquq tizimiga hurmat va oliy hokimiyatning xalqqa taqdim etilishi bo‘ladi. Bundan tashqari, konstitutsiya har bir fuqaroning huquqlarini belgilaydigan va himoya qiladigan asosiy hujjat hamdir. AQSh va O‘zbekistonning konstitutsiyalarida mana shu umumiy prinsiplar ko‘rsatib berilgan”, - ta'kidladi Spratlen xonim.

“Yurtingiz 24 yilli mustaqilligi davomida erishgan yutuqlar diqqatga sazovor. Konstitutsiya qabul qilindi, iqtisodiyot barqarorlashtirilgan, muhim infrastruktur qurilmalarni yangilashga qaratilgan faoliyat yuritilmoqda, bular sirasida maktablar, avtoyo‘llar va temir yo‘llar, ko‘priklar, aeroportlar, qishloq va shaharlar, ishlab chiqarish obektlari bor”, - qo‘shimcha qildi elchi.

“Men O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida olib borilayotgan sa'y-harakatlarni yuqori baholayman”, - xulosa qildi u.

Top