15:28 / 15.12.2015
6029

Peskov Turkiya ishtirokida tuzilgan aksilterror koalitsiyaga munosabatini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Saudiya Arabistoni boshchiligida tuzilgan yangi aksilterror koalitsiya haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bu koalitsiya haqida xulosaviy fikr bildirishimiz uchun, tegishli ma'lumotlarni olishimiz, tahlil qilishimiz, bu koalitsiyaning aniq maqsadlarini o‘rganishimiz, uning a'zolari nima maqsadlarni ko‘zlaganini aniqlashimiz, ular qanday yo‘l bilan terrorchilikka qarshi kurashmoqchi ekanini bilishimiz kerak bo‘ladi. Faraziy fikr sifatida esa, ekstremizmga qarshi kurashuvchi yana bir kuch tashkil topishi yaxshi yangilik ekanini aytishimiz mumkin. Lekin uni baholashga hali erta", deydi Peskov.

Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan iborat aksilterrorchilik koalitsiyasi tuzilganini e'lon qildi.

Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladesh, Bahrayn, Benin, Chad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.

Yangi aksilterrorchilik koalitsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlashi aytilgan.

Top