16:56 / 15.12.2015
3519

Putin “Platon” tizimi yig‘imlarini to‘lamaslikning jarimasini tushirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan yangi qonunda “Platon” tizimi bo‘yicha yig‘imlarni to‘lamagan katta yuk mashinalariga nisbatan jarimalar hajmi qisqartirildi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

Dastavval Ma'muriya javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 450 ming rubl jarima belgilangan edi. Ammo Duma ma'qullagan yangi qonunda bu miqdor 5 ming rublga tushirildi. Huquqbuzarlik takrorlangan taqdirda jarima 10 ming rublga ko‘tariladi.

Top