21:25 / 15.12.2015
2289

Rossiyaning Hindistondagi elchisi: Hindiston bosh vazirining Rossiyaga birinchi tashrifi 23-24 dekabrda bo‘lib o‘tadi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Rossiyaga birinchi davlat tashrifi 23-24 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi elchisi Aleksandr Kadakin ma'lum qildi.

“Tashrif 23-24 dekabr kunlariga belgilangan”, deb aytdi Kadakin Nyu-Dehlidagi Rossiya fan va madaniyat markazining 50 yilligiga bag‘ishlangan marosimda va “tashrif Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarga turtki berishini” qo‘shimcha qildi.

Kadakin tashrif paytida “harbiy-texnik hamkorlik va atom energetikasi sohalarida muhim qarorlar qabul qilinishi va gumanitar aloqalar faollashishiga” umid bildirdi. “Bularning barchasi Rossiya-Hindiston aloqalarining yanada rivojlanishiga ko‘mak beradi”, deb qo‘shimcha qildi Kadakin.

Top