10:15 / 15.12.2015
4560

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi yangi aksilterrorchilik koalitsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlaydi

Saudiya Arabistoni boshchiligida yaratilgan aksilterrorchilik koalitsiyasi o‘z harakatlarini yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan kelishgan holda birga olib boradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saud ma'lum qildi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan tashkil topgan aksilterrorchilik musulmon koalitsiyasi yaratilganini ma'lum qilgandi.

Saudiya Arabistoni SPA agentligi tomonidan chop etilgan bayonotda razil jinoyat hisoblanadigan istalgan terrorchilik harakati Qur'onda qoralangani yana bir bor ta'kidlab o‘tildi.

“Shu tariqa nomlanishidan qat'i nazar, begunoh odamlarni qo‘rqitish uchun butun dunyo bo‘ylab qotillik va parokandalikni yoyayotgan barcha qurollangan guruhlar va teraktlardan millatni himoya qilish burchi bajarilmoqda”, deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, islom harbiy ittifoqi rahmdil Alloh nomi ila hamda tangrining ko‘rsatmalari va shariat qonunlari asosida yaratildi.

Top