10:02 / 15.12.2015
5077

Tramp amerikaliklarga shifokor bergan ma'lumotnomani ko‘rsatdi

AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan Donald Tramp dushanba, 14 dekabr kuni shifokor huzurida bo‘ldi. Tekshiruvlar 69 yoshli biznesmenning sog‘lom ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

“Agar Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lsa, u bu lavozimni egallaganlar ichidagi eng sog‘lomi bo‘ladi”, — dedi biznesmenga ma'lumotnoma yozib bergan shifokor Garold Bornsteyn. Ma'lum bo‘lishicha, oxirgi 39 yil ichida milliarderda hech qanday jiddiy kasallik kuzatilmagan, deb yozadi ABC News.

Shifokorning qayd etishicha, Tramp hech qachon ichmagan ham, chekmagan ham.
Ma'lumot uchun, AQShda prezidentlikka o‘z nomzodini surayotgan shaxs salomatligi haqidagi ma'lumotnomani omma e'tiboriga havola etishi kerak bo‘ladi.

Top