Futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionati o‘yinlari 3,2 mlrd teletomoshabin tomonidan kuzatib borilgan. Bu haqda FIFAning rasmiy saytida xabar berilgan.
Manbada yozilishicha, Germaniya va Argentina o‘rtasidagi final bahsi auditoriyasi 1 mlrd kishini tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan JCh-2014 o‘yinlarini Xitoyda 252,3 mln kishi televizor orqali kuzatgan va bu boradagi yetakchilik xitoyliklarga tegishli.