18:22 / 16.12.2015
4926

Axborot manbasi: Iroqda o‘g‘irlab ketilganlar Qatar yetakchisining oila a'zolaridir

Iroqda o‘g‘irlab ketilgan 16 nafar Qatar fuqarosi orasida mamlakat rahbarining oila a'zolari ham bor. Bu haqda RIA “Novosti” Sputnik agentligi ma'lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Bu haqda agentlikka Iroq politsiyasidagi axborot manbasi xabar bergan.
“O‘tgan tunda qurollangan jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan qatarlik ovchilar orasida Qatar rahbarining oila a'zolari ham bor”, - dedi axborot manbasi.
Ayni paytda o‘g‘irlab ketilganlar qidirilmoqda.
Xabarda keltirilishicha, harbiy libosdagi noma'lum kishilar 16 dekabrga o‘tar kechasi Najaf sahrosida 16 nafar qatarlik ovchini o‘g‘irlab ketgan.

Bundan avvalroq esa Iroqning Saudiya Arabistoni bilan chegarasi yaqinida qurollangan jangarilar to‘dasi 26 kishini o‘g‘irlangani haqida xabar qilingan edi.

Top