18:08 / 16.12.2015
3985

Ishtixon pillaxonasining qing‘irliklari fosh etildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Muhammad Behruz dalasi” va “Mirishkor” fermer xo‘jaliklari raislari B. Shodiyeva va E. O‘tayevlar “Ishtixon pilla” MChJ mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdi. Ushbu arizaga muvofiq tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshirishda ma'lum bo‘lishicha, MChJ tomonidan mazkur fermer xo‘jaliklari topshirgan pilla sifati past ko‘rsatilib, qabul qilingan mahsulotga belgilanganicha pul to‘lanmagan.
Shuningdek, MChJ bosh hisobchisi Absamat Yalg‘ashev va direktori Keldiyor Xudoyqulovlar 2010-2014 yillardagi hisobotlarni soxtalashtirib, 265.442 mln so‘m miqdordagi soliqlarni to‘lamagani aniqlandi.

“Huquq” nashrining xabar berishicha, sud ayblanuvchilarning ishini ko‘rib chiqib, tegishli jazoni belgilagan.

Top