20:27 / 16.12.2015
6066

Janna Friskening ota-onasi va turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev uning merosini bo‘lisha olishmayapti

15 dekabrda rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening vafot etganiga yarim yil to‘ldi, biroq uning yaqinlari o‘z oralarida uning merosini bo‘lisha olishmayapti. SUPER nashriga ma'lum bo‘lishicha, marhum xonandaning ishlarini yurituvchi notarius uning yaqinlarini keyingi haftada yig‘ib, Janna vasiyatnoma qoldirgan-qoldirmaganini e'lon qilmoqchi. Agar bunday vasiyatnoma bo‘lmasa, unda xonandaning barcha merosini (shahar chetidagi uy, Moskvadagi kvartira, shaxsiy hisob raqamlar, avtomobil va qimmatbaho buyumlar) uning ota-onasi – Vladimir va Olga Friskelar va uning ikki yoshli o‘g‘li Platon teng ulushda bo‘lishib olishlari mumkin bo‘ladi. Platonning vakili bo‘lib uning otasi Dmitriy Shepelev chiqmoqda. Qonun bo‘yicha, merosxo‘rlarning har biri merosning uchdan bir ulushini oladi.

Agar xonanda vasiyatnoma qoldirgan bo‘lsa, u o‘z boyligi va mol-mulkini kimga qoldirganidan qat'i nazar, pensiya yoshlarini hisobga olgan holda uning ota-onasi va kichkina o‘g‘li qonuniy tartibda merosdan o‘z ulushini oladi. Bu ulush o‘lchami tomonlar kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Aks holda merosni bo‘lishish barcha tomonlar murosaga kelmaguncha uzoq yillarga cho‘zilib ketishi mumkin.

Vladimir Friske OAVlarga bergan intervyusida qizining merosi “yanvar oyigacha hibsga olinganini” ma'lum qildi. “Bir narsani aytishim mumkin, yaqin oradagi bo‘lishish may-iyunda bo‘ladi”, deb aytdi xonandaning otasi.

Top