09:32 / 16.12.2015
4733

Kerri: AQSh Rossiyani yakkalash siyosatini yuritmayapti

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida AQSh Rossiyaning yakkalanib qolishi tarafdori emasligini ta'kidladi.

“Bizda Rossiyani yakkalab qo‘yishni maqsad qilgan siyosat yo‘q. Yo‘q. Lekin biz har doim AQSh va Rossiya o‘zaro kelishgandagina bu butun dunyo manfaatlariga mos kelishini aytganmiz.

O‘ylaymanki, bu ikki yetakchining balog‘atini va muhim o‘rinlarni egallaganini ko‘rsatadi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Top