14:45 / 16.12.2015
13310

Microsoft dasturi: O‘zbekistonlik mashhurlarning suratida qaysi his-tuyg‘u ko‘proq

Microsoft kompaniyasi suratdan insonning jahl, nafrat, yoqtirmaslik, qo‘rquv, hursandchilik, xotirjamlik, g‘amginlik va hayrat kabi tuyg‘ularini aniqlab, ularni foizlar holida ko‘rsatadigan Project Oxford nomli dasturini foydalanishga topshirgan edi.

«Like It» nashri esa uning yordamida o‘zbekistonlik ayrim mashhur insonlarning suratlarida qaysi his-tuyg‘ular ko‘proq ekanligini aniqladi va «Kun» uchun maxsus maqola sifatida taqdim etdi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

Ravshan Ermatov va Aren Robbenning 2014 yilgi Jahon chempionatida bo‘lib o‘tgan suhbatidan tasvir.

Microsoft dasturi bu suratda Ravshan Ermatovni 100 foiz xursand deb baholadi. Aren Robbenda esa 75 foiz hotirjamlik, 20 foiz xursandchilik natijalarni qayd etdi va qolgan tuyg‘ularni bir foizdan kam deb baholadi:

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov.

Uning o‘yin paytida olingan ushbu suratidagi his-tuyg‘ulari 78 foiz xotirjamlik, 10 foiz hayrat va 9 foiz xafalikdan iborat deb topildi:

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a'zosi Vitaliy Denisov va uning rafiqasi.

Bu suratda Denisov 44 foiz xursand va 55,7 foiz xotirjam deb topilgan bo‘lsa, uning rafiqasi esa 99,9 foiz xursand deb baholandi:

Lolaning qo‘shiqlaridan biriga ishlangan klipda kelin va kuyov obrazida paydo bo‘lgan Lola hamda Bobur Yo‘ldoshevning surati.

Unda Lola 99,3 foiz, Bobur Yo‘ldoshev esa 100 foiz xursand deb baholandi:

Rayhonning yaqinda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun tayyorlangan banner.

Xonandaning undagi his-tuyg‘ulari Microsoft dasturi tomonidan 95 foiz xotirjamlik, 3 foiz hayrat va 1 foiz xursandchilikdan iborat deb topildi:

Munisa Rizayevaning onasi bilan tushgan surati.

Bu suratda Microsoft dasturi Munisa Rizayevaning yuzidan 58 foiz xursandlik va 41 foiz xotirjamlik alomatlarini qayd etdi:

Shohruhxonning ma'yus surati.

Microsoft dasturi odatda g‘amgin deb ataladigan Shohruhxonning suratidan esa 92 foiz xotirjamlik, 4 foiz yoqtirmaslik, 1 foiz jahl va bor-yo‘g‘i 1,2 foiz xafalik alomatlarini sezdi:

Shahzoda Matchanovaning g‘amgin surati.

Microsoft dasturi esa undan 9 foizgina g‘amginlik tuyg‘usini topa oldi, 89 foizini esa xotirjamlik deb baholadi:

Asal Shodiyevaning kabutar bilan tushgan surati.

Undan 62 foiz xursandchilik, 34 foiz xotirjamlik alomatlari qayd etildi. Qolgan tuyg‘ular esa bir foizdan kam deb baholandi. Biz esa qo‘rquv ko‘proq bo‘ladi deb o‘ylagandik:

Adiz Rajabov va Johongir Poziljonovning quvnoq surati.

Microsoft bunda Adiz Rajabovni 100 foiz xursand degan bo‘lsa, Jahongir Poziljonovda esa 43 foiz xursandlik, 37 foiz hayrat, 9 foiz xotirjamlik, 4 foiz qo‘rquv va 2 foiz jahlni sezdi.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft kompaniyasining ushbu dasturi maxsus kompyuter algoritmi asosida ishlaydi va u har doim ham to‘g‘ri natijalarni ko‘rsatavermaydi. Uni qiziqarli, ko‘ngilochar dastur sifatida qabul qilish mumkin.

Agar siz ham o‘zingiz yoki do‘stlaringizning suratlarida qaysi his-tuyg‘ular ko‘proq ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, dastur saytiga tashrif buyurib, aniqlasangiz bo‘ladi.

Maqola muallifi: «Like It» — startap va texnologiyalar haqida o‘zbekcha yangiliklar hamda maqolalar yoziladigan sayt.

Top