2015 yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida 2015 yildagi hamkorlikning dastlabki yakunlari sarhisob qilindi, davlatlararo muloqotni yanada rivojlantirishning hamda turli sohalardagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini faollashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Elchi 2015 yil 12 dekabrda Parij shahrida yakunlangan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 21-konferensiyasi davomida erishilgan asosiy kelishuvlar haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuvda ikki tomon aloqalariga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.