09:28 / 16.12.2015
4266

Qozog‘iston mustaqilligining 24 yilligini nishonlamoqda

Bugun, 16 dekabr kuni Qozog‘iston Mustaqillik kunini 24 marta nishonlaydi. 1991 yilning aynan shu sanasida mamlakatning Oliy Kengashi “Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida”gi konstitutsion qonunni qabul qilgan edi.

Qariyb chorak asrlik mustaqillik yillarida Qozog‘istonda ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Poytaxt Olmaotadan Ostonaga ko‘chirildi; Ostona katta va zamonaviy shaharga aylandi. Boshqaruv tizimida ikki palatali parlamentga o‘tildi, qurolli kuchlar va boshqa strukturalar shakllantirildi. Iqtisodiyotda jiddiy yutuqlarga erishildi.

Qozog‘istonning mustaqqiligini 120dan oshiq davlat rasman tan olib, u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.

Top