17:40 / 16.12.2015
3880

Rossiya hukumati 2016 yil uchun xorijiy ishchilarga kvota hajmini 22,4 foizga kamaytirdi

2016 yilda Rossiyada xorijiy ishchilarga kvota berish 214 ming nafarni tashkil qildi. Bu 2015 yilga nisbatan solishtirganda 22,4 foizga kamroq. Bu haqda Rossiya hukumati tvitteri xabar tarqatmoqda.

Idoralararo komissiya bergan ma'lumotga ko‘ra, Rossiyaga viza asosida kirib keluvchi xorijiy ishchilarga bo‘lgan talab 20 foizdan ko‘proqqa qisqargan.

«2016 yilda Rossiyada xorijiy ishchilarga kvota berish 213929 kishini tashkil qildi bu — 2015 yildagi ko‘rsatkichning 77,6 foizini tashkil qilmoqda", — deb yozadi RF hukumatining tvitter akkaunti.

Ammo tashkilotning qayd etishicha, professional malakali kadrlar uchun hali ham ehtiyoj bor. Malakali ishchilar uchun talab 2016 yilda 94,7 %ni tashkil qilmoqda.

Top