15:15 / 16.12.2015
7703

Saxo Bank neft narxining 100 dollarga, rubl kursining 20 foizga o‘sishini bashorat qildi

Dunyodagi eng yirik foreks-brokerlardan biri bo‘lgan Saxo Bank keyingi yil uchun navbatdagi “hayratlanarli bashoratlar”ni e'lon qildi.

Bu yilgi hujjatda bank ekspertlari 1 barrel neft narxining 100 dollarga ko‘tarilishi, rubl kursining esa 20 foizga oshishini aytishdi.

Shuningdek, 1 yevro 1.23 dollarga yetishi, kumush narxining 30 foizga oshishi kutilmoqda.

Keyingi bashoratlarga ko‘ra, AQShda demokratlar prezidentlikni saqlab qolishadi va 2016 yilga Kongress saylovlarida g‘alaba qozonishadi, hasham buyumlari sotuvlari 50 foizga tushib ketadi, El-Nino okean oqimi esa inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi.

Shu bilan birga, tahlilchilar bu bashoratlarning amalga oshishi ehtimoli juda kamligini tan olmoqda.

Saxo Bank bosh iqtisodiyotchisi Stin Yakobsenning ta'kidlashicha, bunday ssenariylarni modellashtirishar ekan, ekspertlar jahon bozorida yangi “qora oqqushlar”ning paydo bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishga intiladi, xolos

Top