09:40 / 16.12.2015
2912

Si Tszinpin internetda ikki xil standartlardan voz kechishni talab qildi

Xitoy raisi Si Tszinpin internetni boshqarish bo‘yicha anjumanda davlatlar internetni tartibga solishning o‘zgalar modelini hurmat qilishlari kerakliklarini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Si Tszinpinning aytishicha, internetda xavfsizlik borasida hech qanday ikki xil standartlar bo‘lishi kerak emas.

Xitoyda “Oltin qalqon” yoki “buyuk Xitoy fayervoli” tizimi amal qiladi. Bu tizim Xitoy fuqarolarining ba'zi xorijiy saytlarga kirishini cheklaydi, veb-saytlar esa hukumat tomonidan filtrlanadi.

Top