10:12 / 16.12.2015
2691

Tennessida yo‘lovchi samolyoti uchish chizig‘idan tashqariga chiqib ketdi

Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Tennessi shtati, Neshvil aeroportida uchish chizig‘idan tashqariga chiqib ketdi, deb yozmoqda New York Daily News.

Yong‘in departamenti vakillarining ma'lum qilishicha, uch nafar kishi olgan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Boshqa yo‘lovchilarni esa aeroport terminaliga olib o‘tishga muvaffaq bo‘lingan, dedi Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi matbuot kotibi.

Top