13:58 / 16.12.2015
2776

Tojikistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 890 mln dollarga tushib ketdi

O‘tgan yilning 11 oyi davomida Tojikistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 890 mln dollarga tushib ketdi. Bu haqda prezidenti huzuridagi statistika agentligiga tayangan holda AsiaPlus nashri xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, yanvar va noyabr oylari oralig‘ida respublikaning tashqir savdo aylanmasi 3.9 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18.2 foizga kamroqdir.

Savdo balansi salbiy bo‘lib, 2.3 mlrd dollarni tashkil qildi.
Hisobot davrida tovarlar eksporti 9.5 foizga tushib (84 mln dollarga), 803 mln dollarni tashkil qildi.

Tovarlar importi hajmi 3.1 mlrd dollarni tashkil qildi, ya'ni 20.2 foizga yoki 894 mln dollarga tushib ketdi.

Tojikistonning asosiy savdo sheriklari Rossiya (1 mlrd dollardan oshiq), Xitoy (698 mln dollar) va Qozog‘iston (636 mln dollar) davlatlari bo‘ldi.

Top