10:23 / 16.12.2015
3316

Xonqalik shifokor mijozlarga kamqonlik nafaqasini tayinlash bahonasida poraxo‘rlikka qo‘l urdi

Xorazm viloyatining Xonqa tuman tibbiyot birlashmasining umumiy amaliyot shifokori B. Umar poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, u Sarapayon qishlog‘ida mijozlarni ko‘zdan kechirarkan, pul evaziga o‘zining “xizmat”larini taklif qilgan. Jumladan, shu qishloqda yashovchi R. Abdullayevaga 300 ming so‘m evaziga nabirasini kamqon kasaliga chalingan bemorlar ro‘yxatiga kiritib berishini, shunda bola uchun har oyda 148 ming so‘m nafaqa tayinlanishini aytgan. Xuddi shunday bahona bilan shu qishloqda yashovchi Sh. Qozoqovdan 700 ming so‘m olgan.

Sud poraxo‘r shifokorga tegishli jazoni tayinladi.

Top